
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abudqodir Husanov bugun "Lans B" safida maydonga tushdi.
Ko‘pchilik "Lans" nega bunday yo‘l tutgani borasida turli taxminlarni e’lon qilmoqda. Biz futbolchining agenti bilan bog‘landik va bu vaziyatga oydinlik kiritdik.
"Ayni paytda O‘FA rahbariyati Husanovni U-23 Osiyo kubogida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida Fransiya klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda. "Lans" murabbiylar shtabi esa Abduqodirning Qatarga ehtimoliy ketishini hisobga olib, "Mets" bilan o‘yinda boshqa himoyachi va boshqacha sxemani sinab ko‘rish uchun uni qaydnomaga kiritmadi. Futbolchi tonusda qolishi va o‘yin amaliyoti bo‘lishi uchun B jamoasi safida maydonga tushishini ma’ul ko‘rildi", - dedi Husanovning agenti.
Abduqodir HusanovLans BO‘zbekiston Milliy Terma JamoasiU-23 Osiyo KubogiFutbolchi AgentFransiya Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing