20:52 / 14.04.2024
61

IBA Chempionlar oqshomi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turkiyalik bokschi ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi

IBA Chempionlar oqshomi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turkiyalik bokschi ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi
“Humo Arena”da 14 aprel, yakshanba kuni “IBA Chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tmoqda.

- 67 kg vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Turkiya vakili Fotih Kelesga qarshi ringga ko‘tarildi.

8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda Asadxo‘ja hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Avvalroq A’loxon Abdullayev mo‘g‘ulistonlik bokschini, Iqboljon Xoldarov esa qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etgandi. Mujibillo Tursunov esa tanzaniyalik Juma Choki ustidan g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Elnur Abduraimov va Jahongir Zokirovlar ham o‘z janglarida g‘alaba qozondi.

Oqshomning asosiy jangi Hasanboy Do‘stmatov hamda Samuel Karmona o‘rtasida kechadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IBA Chempionlar oqshomi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turkiyalik bokschi ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi