O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda "Navbahor" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Har ikki jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Jamoaviy birdamlik asosida g‘alabaga erishdik. Bugungi o‘yin uchun jamoaning har bir a’zosiga minnatdorchilik bildiraman. O‘tkir Yusupov bizni juda qiyin vaziyatlarda qutqara oldi. U jamoamiz yetakchilaridan biri.
"Nasaf" juda kuchli raqib. Har qanday jamoa qarshiliklarga qarshi o‘yinlarda qiynalishi turgan gap. Navbatdagi uchrashuvlarda jamoaga omad tilayman.
- "Navbahor" uchun chempionatda g‘olib chiqish osonroqmi yoki kubokdami?
- Bu yilgi mavsumda oson o‘yinning o‘zi bo‘lmaydi. Chempionatmi, kubokmi, hech bir o‘yinda osonlikcha g‘alaba qozona olmaysiz. Kubok g‘olibi xalqaro maydon yo‘llanmasiga ega chiqadi. Bizning guruhda intiriga juda yuqori. O‘tgan mavsum yarim final va final ishtirokchilari joy olgan guruh. Bunday holatda guruhdan chiqishning o‘zi katta mas’uliyat talab etadi.
- Intervyularingizning birida "Navbahor"da Igor Golbanning o‘rni sezilayotgani haqida aytgandingiz. Bugun jamoangiz himoya chizig‘i ko‘rsatgan o‘yindan qoniqdingizmi?
- Bugun butun jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Birdamlik evaziga g‘alaba qozondik. Igor Golban juda yaxshi futbolchi. U bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi