
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 32-turida “Kalyari” 14 aprel, yakshanba kuni “Inter”ga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu bahsda Eldor Shomurodov harakat qilayotgan “Kalyari” “Inter” jamoasi bilan mehmonda durangga imzo chekdi.
Dastlab, Tyuram hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov chiroyli zarba bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Oradan ko‘p o‘tmay Chalxanoglu penaltini aniq amalga oshirdi. Murakkab raqib bilan harakat qilishiga qaramay mehmonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ushbu bahsdan keyin “Kalyari” turnir jadvalida 14-o‘rinda qoldi. “Inter” chempionlik yo‘lida davom etmoqda.
“Inter” — “Kalyari” 2:2
Gollar: 1:0 – Tyuram (12), 1:1 – Shomurodov (64), 2:1 – Chalxanoglu (74), 2:2 – Viola (82)
“Inter”: Zommer, Darmian (Dumfris, 75), Acherbi, Bastoni (Byukenen, 86), Bissek, Dimarko (Karlos Augusto, 76), Mxitaryan (Frattezi, 64), Chalxanoglu, Barella, Sanches (Arnautovich, 76), Tyuram.
“Kalyari”: Skuffet, Di Pardo (Dzappa, 78), Mina, Xatsidyakos (Veteska, 88), Obert, Audjello, Yankto (Prati, 29), Makumbu, Sulemana, Luvumbu (Viola, 78), Eldor Shomurodov (Lapadula, 78).
Eldor ShomurodovKalyari InterItaliya A SeriyaFutbol O'yinlariGol UrishDurang O'yin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar