Bosh murabbiy Xose Venansio Lopes Osiyo Kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadni aytib o‘tdi.
"Osiyo Kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasidan eng yaxshi natijani kutyapman. Biz har bir musobaqa oldidan oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo‘yamiz, ya’ni Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish, lekin asosiy vazifamiz oldingi natijamizni yaxshilashdan iborat. O‘tgan Osiyo Kubogida O‘zbekiston 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Demak, birinchi navbatda, oldingi turnirdagi natijamizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Osiyo Kubogi 17 apreldan 28 aprelga qadar Tailand mezbonligida o‘tadi. O‘zbekiston "B" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan kuch sinashadi. O‘zbekistonning ilk uchrashuvi 17 aprel kuni Avstraliyaga qarshi kechadi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi