19:56 / 16.04.2024
188

U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi"

U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi"
U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi oldidan "D" guruhi bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Barchani musobaqa boshlangani bilan tabriklayman. Hammaga omad tilayman. Mezbonlik uchun Qatar davlatiga rahmat aytaman. Bizda jarohat olgan futbolchilar yo‘q, musobaqaga tayyormiz, tayyorgarligimiz reja bo‘yicha ketmoqda", - deb gap boshladi Timur Kapadze.

- O‘zbekiston avvalgi musobaqalarda juda ajoyib natijalarga erishgan. Chempion bo‘lgan, vitse-chempion bo‘lgan. Bu yilgi musobaqada futbolchilarning imkoniyatiga qanday baho berasiz?
- Albatta turnirda o‘z oldimizga katta maqsad qo‘yganmiz. Uzoq vaqtdan buyon ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Yuqori maqsad sari harakat qilamiz, yigitlarning iqtidori ham, mahorati ham yetarli darajada deb o‘ylayman.

- Ertangi raqib – Malayziya haqida nima deya olasiz?
- Ertaga musobaqadagi ilk uchrashuvimizni o‘tkazamiz. Guruhdagi har bir raqibni hurmat qilamiz. Har bir jamoa o‘ziga yarasha kuchli. Biz o‘z maqsadimizni bajarishga harakat qilamiz, bu yerda oson o‘yin bo‘lmaydi. Shu bois barchasi maydonda hal bo‘ladi.

- Musobaqaning ilk o‘yinida 3 ochko juda muhim hisoblanadi. Ertangi bahsdan oldin yigitlarda motivatsiya yetarlimi?
- Albatta, faqat biz uchun emas barcha jamoalar uchun startni g‘alaba bilan boshlash muhim. Alohida motivatsiyaning keragi yo‘q. Bu biz uchun birinchi musobaqa emas, tajribamiz bor. Har bir bahs muhim, ayniqsa birinchisi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Malayziya uchrashuvi ertaga, 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi"