
U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi oldidan "D" guruhi bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasining 1-turdagi raqibi Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik Xuan Torres Garrido ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Malayziya terma jamoasi yana bir bor shunday katta musobaqada ishtirok etishidan xursandman. Oldingi natijalarni yaxshilashga harakat qilamiz. O‘z navbatida musobaqa tashkilotchilariga rahmat aytaman. Qatar bizga ajoyib sharoitlar yaratib bermoqda. OFKga ham rahmat, barcha jamoalarga omad tilayman.
Ertaga musobaqaning favoritlaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. O‘zbekiston tarkibi juda kuchli, zaxira o‘rindig‘i keng. Bosh murabbiy anchadan buyon terma jamoada ishlab kelmoqda. Bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz uchun eng zo‘r o‘yinimizni ko‘rsatishimiz shart", - dedi Xuan Torres Garrido.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Malayziya uchrashuvi ertaga, 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar