
PSJ ustozi Luis Enrike kechagi uchrashuvdan to‘liq qoniqish hosil qilganini ma’lum qildi.
«Biz uchrashuvni ajoyib boshladik, hujumlar tashkil qildik. Biroq «Barselona» Yamalning harakatlari evaziga hisobni ochdi. Shundan so‘ng ular bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Shunga qaramay, biz bugun uchrashuv davomida to‘liq ustunlikka erishdik deb o‘ylayman. Bugun biz yorqin futbol ko‘rsatdik, jamoamdan bunday o‘yin kutmagandim. Biz bugun o‘yin sifati bo‘yicha bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildik», — dedi Luis Enrike.
Eslatib o‘tamiz, endi PSJ final yo‘llanmasi uchun «Borussiya D»ga qarshi bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar