Rossiya kubogining yarim finalida Moskvaning SSKA klubi Kaliningradning “Baltika” jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.
Moskvada o‘tgan javob o‘yinining qahramonlaridan biri Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz bu gal ham juda faol o‘ynadi.
Mezbonlar bellashuvning 34-daqiqasida penaltidan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. “Baltika” futbolchilari hali o‘zini o‘nglab olmasidan hujumga qo‘shilgan Abbosbek Fayzullayev jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab, SSKAning finalga chiqishiga katta hissa qo‘shgan legionerimiz Rossiya kubogidagi gollari hisobini ham ochdi. Bundan tashqari, Abbosbek ushbu turnir doirasida avvalgi uchrashuvlarda jamoadoshlariga uchta golli pas ham uzatgani qayd etilgan.
G‘alabali o‘yindan keyin Abbosbek Fayzullayev o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Muhim hisoblangan kubok o‘yinida maydonga chiqib, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Stadionga kelib, ajoyib muhit yaratgan muxlislarimizga rahmat, bu bizga yordam bo‘ldi.
- Oldinda “Zenit” – “Spartak” o‘yini bor. Keyingi bosqichda qaysi jamoa raqib bo‘lishini xohlaysiz?
- Birortasini tanlash kerak, deb o‘ylamayman. Bu bosqichda faqat kuchli jamoalar qolgan.
Bizga qaysi jamoa ro‘baro‘ bo‘lishini unchalik ahamiyati yo‘q, asosiysi biz o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsata olishimiz. Eng muhimi, mana shu, - dedi Abbosbek Fayzullayev jurnalistlar savoliga javob qaytarib.
Eslatib o‘tamiz, SSKA klubi Rossiya kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Agar “armiyachilar” bu natijasini yana takrorlasa, Abbosbek Fayzullayev ushbu klubdagi dastlabki mavsumidayoq nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchiga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi