235
Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik"
U23 Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Malayziya (2:0) uchrashuvidan so‘ng Malayziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Torres Garrido matubot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik. O‘yin avvalida xatoga yo‘l qo‘ydik va penaltidan raqib hisobni ochdi. Hisobda ortda borayotganimizdan keyin hujumga urg‘u berishga majbur bo‘ldik. Ikkinchi golda ham xatoga yo‘l qo‘ydik va gol o‘tkazib yubordik. Keyingi o‘yinlarda kamroq xatoga qilish va ko‘proq natija qayd etishga harakat qilamiz.
- Bugun O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi farq qanchalik bilindi?
- O‘zbekiston terma jamoasi juda kuchli. Bunga o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz. Terma jamoa bosh murabbiyi ham uzoq vaqtdan beri ishlab kelmoqda va yaxshi jamoa tashkil qilgan.
- Keyingi uchrashuv haqidagi fikringiz? Keyingi raqibimiz Vetnamga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz uchun nimalarni o‘zgartirishimiz kerak?
- Bugungi o‘yin namoyish etganidek, biz samaraliroq hujum qilishimiz kerak. Ko‘proq to‘pga egalik qilsak va ko‘proq hujum qilsak natija yaxshi bo‘ladi degan umiddaman.
- Malayziya terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati yaxshi emasligini bugungi uchrashuv ko‘rsatib berdi. Ushbu muammoni qanday hal etmoqchisiz?
- Uchrashuvlar oralig‘i juda qisqa. Tezroq tiklanishga harakat qilishimiz kerak. Har ikki kunda o‘yin o‘tkazish oson emas, lekin bu bizga bahona bo‘la olmaydi. Barcha terma jamoalar shunday grafik bo‘yicha o‘ynashmoqda. Vetnam va Quvaytga qarshi kechadigan bahslarda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish asosiy maqsadimiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi