Rossiya chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan klublar ham, Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolish ilinjida harakat qilayotgan jamoalar ham jiddiy raqobatga duch kelmoqda.
Premer-liganing 24-turida o‘z iqtidorini namoyish eta olgan yosh o‘yinchilar ham ko‘zga tashlandi. Futbolni yoritib kelayotgan nufuzli manba – championat.com sayti 24-turda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar reytingini tuzdi.
Ekspertlar bellashuvlarda har tomonlama iqtidorini namoyish qila olgan besh nafar iste’dod egasini tanladi.
“Top-5”ga kirgan futbolchilar bilan tanishing. Ro‘yxat pastdan yuqoriga qarab tasniflangan holda havola etilyapti.
5-o‘rin: Yaroslav Mixaylav (20 yosh, “Orenburg”)
Yaroslav Mixaylov ishonchli harakatlari bilan yarim himoya chizig‘idagi ustunlikni ta’minlab kelmoqda. “Nijniy Novgorod”ga qarshi uchrashuvda 20 yoshli futbolchi raqibdan uch marotaba to‘pni olib qo‘ydi, ikkita zarbani blokladi, paslarining 82 foizi aniq bo‘ldi va bir marotabadan muvaffaqiyatli dribling qo‘llab, fol ham ishladi.
4-o‘rin: Kirill Kravsov (21 yosh, “Sochi”)
21 yoshli yarim himoyachi “Spartak”ga qarshi uchrashuvda katta hajmdagi ishni bajardi. Kirill raqibdan olti marotaba to‘pni olib qo‘ydi, havodagi kurashda ikki marta ustunlik qildi, paslarining 78 foizi aniq chiqdi, darvozaga xavfli zarba berdi. Kravsov “Sochi” yetakchisi hisoblanadi va jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishi ko‘p jihatdan shu o‘yinchiga bog‘liq.
3-o‘rin: Aleks Fernandes (21 yosh, “Baltika”)
21 yoshli braziliyalik Rossiyaga kelganidan beri eng yaxshi uchrashuvini o‘tkazdi. Yarim himoyachi “Axmat” darvozasiga uchta to‘p kiritdi. Fernandes ajoyib driblingi va yakkakurashlardagi harakatchanligi bilan ham ajralib turdi.
2-o‘rin: Danila Kozlov (19 yosh, “Baltika”)
Kozlov “Baltika”ga qishda olib kelingandi va qisqa fursatda jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. “Axmat”ga qarshi uchrashuvda faol o‘ynab, darvoza tomon ikkita zarba yo‘lladi, paslarining 79 foizi aniq chiqdi, raqibni aldab o‘tish va yakkakurashlarda o‘zini ko‘rsata oldi.
1-o‘rin: Abbosbek Fayzullayev (20 yosh, SSKA)
Qishda O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etgan Abbosbek Fayzullayev chempionatning bahorgi qismini biroz qiyin boshladi. “Krilya Sovetov” bilan bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmay, zahiradan o‘yinga qo‘shildi. “Sochi”ga qarshi bahsda umuman qatnashmadi.
Lekin keyinchalik yana asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olgan o‘zbek legionerining boshlang‘iya tarkibda maydonga tushishi darrov natija keltirdi. “Fakel”ga qarshi bahsda gol urgan Fayzullayev “Lokomotiv” bilan bo‘lgan muhim o‘yinda Tamerlan Musayevga golli pas oshirdi. Umuman, Abbosbek jamoasining uchalaga golida bevosita ishtirok etdi.
Bundan tashqari, raqib darvozasiga to‘rtta aniq zarba yo‘lladi, dribling ko‘rsatdi, ikki bor raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, paslarining 77 foizi aniq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi