20:41 / 19.04.2024
184

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Iroq - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda vakillarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

11-daqiqada Akbar Usmonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan birozdan keyin Mashrab Odilov farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Elbek To‘lqinov va Sunnatulla Jo‘rayevlar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bellashuv tugashiga oz qolganda o‘ynovchi darvozabon sifatida harakat qilayotgan Xaydar Majid hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol raqiblarimizni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Shu tariqa, futzalchilarimiz ikkinchi turdayoq pley-off yo‘llanmasini naqd qildi. Navbatdagi turda Xose Venansio Lopez shogirdlari Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi.

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-tur

Iroq – O‘zbekiston 1:4
Gol
: Akbar Usmonov 12, 0:1, Mashrab Odilov 17, 0:2, Elbek To‘lqinov 26, 0:3, Sunnatilla Jo‘rayev 28, 0:4, Xaydar Majid 38, 1:4

Iroq: 12.Zahir Mahdi, 7.Salim Faysal, 11.Majid Xayedr, 13.Tariq Zeyad, 14.Valid Holid.
Zaxira: 1.Hussayn Ahmad, 2.Fahad Mithaq, 3.Al Shihaib, 4.Muheb Aldin, 5.Mustafa Ihsan, 6.Xarit Al Obaydi, 8.Gaith Riyadh, 9.Salim Hadhim, 10.Mohanad Abdulhadi.

O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov (s), 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi