07:57 / 20.04.2024
72

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)
Foto: “O‘FA”
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining 2-turidan o‘rin olgan Iroq va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 19 aprel sanasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Akbar Usmonov hisobni ochdi. 17-daqiqada Mashrab Odilov hisobni 0:2 ga yetkazdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi shu hisobda yakunlandi.

O‘zbekiston futzalchilari ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va bu hisobda ham aks etdi. 26-daqiqada Elbek To‘lqinov hisobni 0:3ga yetkazdi. Ikki daqiqa o‘tib Sunnatilo Jo‘rayev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni iroqlik futbolchi urib, hisobni 1:4 ko‘rinishiga olib keldi.

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi
2-tur
Iroq – O‘zbekiston 1:4
Gollar
: Akbar Usmonov 12, 0:1, Mashrab Odilov 17, 0:2, Elbek To‘lqinov 26, 0:3, Sunnatilla Jo‘rayev 28, 0:4, Xaydar Majid 38, 1:4
Iroq: 12.Zahir Mahdi, 7.Salim Faysal, 11.Majid Xayedr, 13.Tariq Zeyad, 14.Valid Holid.
Zaxira: 1.Hussayn Ahmad, 2.Fahad Mithaq, 3.Al Shihaib, 4.Muheb Aldin, 5.Mustafa Ihsan, 6.Xarit Al Obaydi, 8.Gaith Riyadh, 9.Salim Hadhim, 10.Mohanad Abdulhadi.
O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov (s), 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.

Shunday qilib O‘zbekiston futzal terma jamoasi muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Foto: The-AFC
Terma jamoa guruhdagi yakuniy o‘yinni 21 aprel kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)