22:49 / 20.04.2024
212

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Kuvaytni "bosib o‘tib" ketdi

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Kuvaytni "bosib o‘tib" ketdi
Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Quvayt - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Gollarga Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov va Husayn Norchayev mualliflik qildi. Qayd etish lozim, Norchayev hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaziyatlarda Norchayev penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, raqib futbolchisi Al-Tavil 73-daqiqada qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Ikki uchrashuvdan so‘ng 6 ochko qo‘lga kiritgan vakillarimiz o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega Vetnam bilan keyingi turda 1-o‘rin masalasini hal qilamiz.

Kuvayt - O‘zbekiston - 0:5
Gollar
: Alibek Davronov 32, - 0:1 (Muhammadqodir Hamraliyev). Muhammadqodir Hamraliyev 49, - 0:2 (Jasur Jaloliddinov). Hojimat Erkinov 55, - 0:3 (Jasur Jaloliddinov). Diyor Xolmatov 86 penalti, - 0:4. Husayin Norchayev 90+5, - 0:5 (Zafarmurod Abdirahmatov).

Golga aylanmagan penalti: Husayn Norchayev 90+3 (darvozabon).

Kuvayt: 1.Abdulrahmon Al Fadhli, 2.Muhsin G‘arib (14.Solih Al Mehtab, 88), 4.Yusuf Al Hoqon, 5.Abdulrahmon Al Daihani, 6.Xolid Al Fadhli, 8.Fahad Al Fadhli (12.Hamad Al Tavil, 58), 10.Hussayn Muhsin, 11.Abdulrahmon Karam (13.Sulton Al Faraj, 21), 18.Montaser Al Abdulsalom, 19.Jarah Al Hiloli (9.Salmon Muhammad, 46), 21.Abdulrahmon Al Rashidi (20.Mutaz Al Enazi, 58).
Zaxira: 22.Abdulrahmon Marzuq, 23.Abdulrahmon Al Harbi, 3.Faysal Al Shatti, 15.Abdulaziz Abdulaziz, 16.Mahdi Dashti, 17.Talal Al Qaisi.

O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 3.Zafarmurod Abdirahmatov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (2.Saidazamat Mirsaidov, 60), 7.Hojimat Erkinov, 9.Ulug‘bek Hoshimov (20.Ruslanbek Jiyanov, 60), 10.Jasurbek Jaloliddinov (8.Ibrohim Ibragimov, 68), 17.Diyor Xolmatov, 18.Alibek Davronov (16.Asadbek Rahimjonov, 68), 19.Husayn Norchayev, 23.Abdurauf Bo‘riyev (15.Umarali Rahmonaliyev, 78).
Zaxira: 1.Abduvohid Ne’matov, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13.Mahmudjon Mahamadjonov, 22.Alisher Odilov.
Ogohlantirishlar: Fahad Al Fadhli 14, Muhsin G‘arib 42, Sulton Al Faraj 48, Alibek Davronov 51, Holid Al Fadhli 73,
Chetlatish: Hamad Al Tavil 71.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Kuvaytni "bosib o‘tib" ketdi