
Rossiya Premer ligasining 24-turidan o‘rin olgan SSKA - "Axmat" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Abbosbek Fayzullayev 7-daqiqada raqibning qarshi hujumini to‘xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi. Bu hamyurtimiz uchun chempionatdagi 4-ogohlantirish bo‘ldi va navbatdagi "Spartak"ka qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Hamyurtimiz 63-daqiqada zahiraga olindi.
Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan Fedotovga Fayzullayev haqida savol berildi.
- Fayzullayev yettinchi daqiqadayoq sariq kartochka oldi. Unda 3 ta sariq kartochka bor edi. O‘yindan oldin unga ehtiyot bo‘lish haqida tayinlaganmidingiz?
- "Biz har doim bunday narsalarni nazorat qilamiz, futbolchilarga imkon qadar kartochka olmasligini tushuntiramiz. Lekin maydonda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har qanday futbolchi kurashga kirishganda hamma narsani unutadi", - dedi "armiyachilar" ustozi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar