211
Ro‘ziqul Berdiyev: "Guruhdan qaysi jamoa chiqishi masalasini hal qilish "Navbahor"ning qo‘lida"
O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (3:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- "Dinamo" va "Nasaf" to‘qnashuvlari har doim shunaqa qiziqarli o‘tsa kerak. Bugun ochiq futbol ko‘rdik, vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Bu kubok uchrashuvlarining eng ochiq o‘yini desak ham bo‘ladi.
Birinchi golimizdan so‘ng Islom Kenjaboyevda bo‘lgan vaziyatlarni golga aylantira olganimizda vaziyat boshqacha bo‘lardi. "Dinamo" bizdagi kamchiliklarni aniq topa oldi. Himoyadagi yo‘qotishlar va darvozabonda o‘yin amaliyoti kamligidan unumli foydalanishdi.
- Guruhdagi vaziyat haqida munosabatingiz?
- Hozir guruhda qaysi jamoaning keyingi bosqichga chiqishi masalasini hal qilish "Navbahor"ning qo‘lida. Ular qaysi jamoani chiqishini istasa, shunday hal qilishi mumkin. Biz Vadim Abramov jamoasini bilardik, ular hujumkor va ochiq futbol namoyish etishadi. Samarqanddagi o‘yinda ham shunday bo‘lgandi. Bugun oson gollar o‘tkazib yubordik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi