date

Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i tushirildi

Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i tushirildi

2 sentyabr kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i tushirildi.

Bu haqda «Gazeta.uz"ga Milliy paralimpiya qo‘mitasidan xabar qilindi. Ayni damda mamlakat termasi XV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib turibdi.

Milliy paralimpiya qo‘mitasiga Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi rahbari ser Filip Kreyven nomidan maktub ham kelib tushgan bo‘lib, unda qo‘mita rahbariyati va barcha a’zolari nomidan Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i tushirildi