23:35 / 22.04.2024
442

Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev U-23 Osiyo Kubogi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Osiyo Chempionati davom etmoqda. Terma jamoa bilan ilk mashg‘ulotlarga ham kirishdim. Kelayotgan o‘yinda jamoaga yordam berib, g‘alabaga hissa qo‘shishni maqsad qilganman.

Klub bilan muzokalar yaxshi yakunlanganidan mamnunman. Ertangi o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Albatta, 1-o‘rinni olib, guruhdan chiqqan yaxshiroq deb o‘ylayman. Raqib ham kuchli, ular ham guruhda 6 ochko jamg‘argan. Ertaga kuchli o‘yin bo‘ladi
”, — deydi Abbosbek.

Fayzullayev 21 aprel kuni Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Rossiyadan Qatarga yetib borgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 23 aprel kuni Vetnamga qarshi bahs olib boradi. D guruhining so‘nggi o‘yini 20:30 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi