Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vyetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi"

Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vyetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi"
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Vyetnamga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Osiyo Kubogi eng qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Hozirda Osiyo jamoalari juda kuchaygan va teng darajada deb o‘ylayman. Guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonganimizga qaramasdan, qiyin o‘yinlar o‘tkazdik, biroq vaziyatlardan chiqib keta oldik. Vyetnamning chorak finalga yo‘l olganiyoq ularning yaxshi jamoa ekanini ko‘rsatadi. G‘alaba qozonishimizga ishonchim komil, lekin bu bosqichda oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi.
Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vyetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi"
Vyetnamning o‘yin uslubi haqida
— Raqibning o‘yinlarini tahlil qilib, shuni aytishim mumkinki, Vyetnam juda tezkor, ularda raqobatbardosh jamoa shakllangan. Chunki jamoa murabbiyi Diyego kuchli mutaxassis. U o‘z mahoratini va nima istayotganini shogirdlariga tez va aniq tarzda tushuntirib bera oladi. Ular turli holatlarda qanday o‘ynash kerakligini bilishadi, shuningdek, vaziyatga qarab taktikani o‘zgartira olishadi. Buning uchun jamoa murabbiyiga rahmat aytmoqchiman. Yarim finalga chiqishimiz uchun uchrashuvni to‘liq nazorat qilishimiz talab etiladi.

Jarohatlar haqida
— Ba’zi futzalchilarimiz turnirdan avval jarohat olishdi, biroq bu bahona bo‘la olmaydi. Biz barcha o‘yinchilarimiz xizmatidan foydalanamiz. Eng muhimi, jarohatlar va har qanday muammolarga qaramasdan, g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish.

Jamoamga to‘liq ishonaman. Biz uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, o‘yinga ruhan va jismonan tayyormiz.
Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vyetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi"
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Vyetnam bahsi 24 aprel kuni 19:00 da start oladi.

Manba: O‘FA matbuot xizmati

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar