Foto: FIDE
Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon toji uchun nomzodlar turniri yakunlandi. Musobaqada Hindiston vakili, 17 yoshli Gukesh Dommaraju 9 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va shov-shuvli tarzda 1-o‘rinni egalladi.
Yosh shaxmatchi turnir favoritlari - amerikalik Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va rossiyalik Yan Nepomnyashchiydan o‘zib ketishga erishdi.
Endi Dommaraju jahon shaxmat toji uchun bahsda xitoylik Din Lijen bilan o‘ynaydi. Final musobaqasi 2024 yil noyabr oyida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, jahonning ko‘pkarra chempioni, norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen nomzodlar turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Buni «kurashdan zavq olmay qolgani» bilan izohladi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik shaxmatchilardan hech kim nomzodlar turnirida ishtirok etmadi.
Shaxmat. Toronto-2024, nomzodlar turniri.
3-21 aprel.
Yakuniy holat:
1. Gukesh Dommaraju (Hindiston) – 9 ball
2. Hikaru Nakamura (AQSH) – 8,5
3. Yan Nepomnyashchiy (Rossiya) - 8,5
4. Fabiano Karuana (AQSH) – 8,5
5. Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) – 7
6. Vidit Gujrati (Hindiston) – 6
7. Alirizo Firuzjoh (Fransiya) – 5
8. Najot Abbasov (Ozarboyjon) – 3,5. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi