Timur Kapadze boshqarayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz asta-sekin o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi tomon yaqinlashib kelmoqda. Azaliy orzu ro‘yobga chiqishiga bir qadam qoldi. Quvonarlisi, vakillarimizning imkoniyati ham, salohiyati ham katta. Saudiya Arabistoni mag‘lub etilganidan so‘ng O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi raisi, sobiq futbolchi Kamoliddin Murzoyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin xususida
- Hammani kutilgan g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. O‘zbek futboliga bunday yutuqlar yarashadi. Tarixiy natijaga bir qadam qoldi. Futbolchilarimiz butun xalqimizni xursand qila oladilar. Tan olishimiz kerak, yigitlarimiz Saudiyaga hech qaysi jabhada yutqazishmadi. Kerak bo‘lsa raqibni provokatsiyalariga ham uchmadilar. Menimcha, to‘liq o‘yin nazorati bizda bo‘ldi. Timur Kapadze raqibdan kelib chiqqan holda o‘yin uslubini tuzdi. Oqibatda kutilgan natijaga erishildi. Saudiya Arabistoni deyarli bizga qiyinchilik tug‘dirmadi. Qiyinchilik tug‘dirmadi degani futbolchilarimiz mehnat qilishmadi, degani emas. O‘z mehnatlarini maydonda ko‘rsatishdi va kutilgan natijaga erishildi. Musobaqa boshlanganidan beri futbolchilarimizdan ko‘ngil to‘q. O‘yinchilarimiz narx jihatidan ham musobaqaning eng qimmat jamoasi deyildi. Ular faqat qog‘ozda emas, amalda, maydonda ham kuchli ekanligimiz bilindi. Keyingi uchrashuvlarga omad tilaymiz va bu yog‘iga ham yaxshi bo‘ladi.
Indoneziyaning yarim finalga chiqqani haqida
- To‘g‘risi, Indoneziyani kutmagandim. Ammo Koreya bilan uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yini bo‘yicha kutilmagan bo‘lsa-da, ular yarim finalga loyiq ekanligini ko‘rsatishdi. Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib. Ammo bu jamoa koreyaliklar bilan uchrashuvda shuni ko‘rsatdiki, raqibni mensimaslik og‘ir ahvolga olib kelishi mumkin.
O‘zbekiston asosiy favoritmi?
- Musobaqa boshlanganidayoq aytganman, biz yaqqol bo‘lmasak-da, musobaqa favoritimiz. Agar hammasi yaxshi darajada bo‘lsa, nafaqat Olimpiada yo‘llanmasi, balki Osiyo chempioni bo‘lib qaytishadi, deb o‘ylayman. Futbolchilarimiz bunga erisha olishadi.
Eng asosiysi, Olimpiada yo‘llanmasi yoki chempionlik hammi?
- Albatta Olimpiada yo‘llanmasi muhim hisoblanadi. Ushbu yo‘llanmaga eng yaqin yo‘l bu final. Finalga chiqqanda esa hech kim Olimpiada yo‘llanmasi bilan kifoyalanib qolmaydi. Albatta, keyingi qadam musobaqa g‘olibligi uchun bo‘ladi. Menimcha, hozirgi tarkibimiz bilan ikkala vazifani uddalay olamiz. Chunki oldingi musobaqalarda avvalgi terma jamoalar biz kutgan favoritlar Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni qay darajada yetakchilar bo‘lgan bo‘lsa, o‘ylashimcha, bugungi O‘zbekiston olimpiyachilari ham oldingi davrlardagidek favorit. Ya’ni, ular uchun O‘zbekiston menimcha yaqqol favorit.
Bu olimpiyachilarimizning eng yaxshi tarkibimi?
- Eng yaxshi tarkiblarimizdan biri. Agar Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladigan bo‘lsa, so‘zsiz tarixdagi eng kuchli olimpiya jamoasi bo‘lishadi. Bunga ular loyiq.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi