12:20 / 28.04.2024
165

“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi

“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Bu mavsum “Bayer”ni yengadigan jamoa topilmayapti. Bundesliganing 31-turida “Shtutgart” futbolchilari 90+6-daqiqagacha hisobda 2:1 hisobida oldinda borib, baribir g‘alabani ushlab qola olmadi.

“Bay–Arena”dagi o‘yin yakunishi arafasida Andrix mezbonlarni mavsumdagi ilk mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, “Bayer” barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 46 ta uchrashuvga yetkazib oldi. Bu XXI asrda Yevropadagi rasmiy o‘yinlarda o‘rnatilgan yangi rekord sifatida qayd etildi.

Avvalgi rekordk ko‘rsatkich Zagrebning “Dinamo” jamoasiga tegishli bo‘lib, 2014-2015 yillar davomida Xorvatiya klubi 45 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya ko‘rsatgan edi.

Bundesliga chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan leverkuzenliklar o‘z natijalarini yaxshilash imkoniga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi