date

Bavariya bilan bogʻliq muammo: Shtutgart darvozabon masalasida ikkiga boʻlindi

Bavariya bilan bogʻliq muammo: Shtutgart darvozabon masalasida ikkiga boʻlindi

Shtutgart klubining isteʼdodli darvozaboni Dennis Seimen asosiy tarkibdan joy olishga yaqin turibdi, biroq klub rahbariyati va murabbiylar shtabi oʻrtasida bu borada jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Stuttgarter Nachrichten nashri xabariga koʻra, jamoa ichida ikki xil qarashga ega guruhlar shakllangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Bosh murabbiy Sebastian Hoeneß hamda sport direktorlari Fabian Wohlgemuth va Christian Gentner Chempionlar ligasi kabi nufuzli musobaqalarda tajribasiz yosh darvozabonga ishonish katta tavakkal ekanligini taʼkidlamoqda. Ularning fikricha, Dennis Seimen iqtidorli boʻlsa-da, bunday yuqori bosim ostida xato qilishi jamoaga qimmatga tushishi mumkin.

Shu sababli klub mutasaddilari tashqaridan yangi darvozabon sotib olish variantlarini koʻrib chiqmoqda. Nomzodlar orasida Finn Dahmen, Noah Atubolu va tajribali Bernd Leno bor. Bavariya jamoasidan ijaraga olingan Alexander Nübelning transferini toʻliq sotib olish esa moliyaviy jihatdan imkonsiz deb baholanmoqda.

Biroq klubning boshqaruv kengashi tashqaridan yangi darvozabon olib kelishga qarshi chiqmoqda. Ular Dennis Seimen kabi katta istiqbolga ega posbonning yoʻlini toʻsib qoʻymaslik kerak deb hisoblaydi. Qolaversa, yangi transfer uchun sarflanadigan mablagʻni tarkibning boshqa zaif nuqtalarini kuchaytirishga yoʻnaltirish maqsadga muvofiq deb koʻrilmoqda.

Hozirda Shtutgart ixtiyorida Dennis Seimendan tashqari yana bir iqtidorli yosh darvozabon Florian Hellstern ham bor. 18 yoshli posbon hozircha uchinchi ligada tajriba orttirmoqda, ammo u ham kelajakda asosiy tarkibga daʼvogarlik qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya bilan bogʻliq muammo: Shtutgart darvozabon masalasida ikkiga boʻlindi