Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Yevropa chempioniga mag‘lub bo‘ldi


2 sentyabr kuni Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining Portugaliyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Yevropaning amaldagi chempioni – Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan ucharshuvda Mendez shogirdlari 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ispaniyaga qarshi uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi uchun ushbu yig‘indagi yakuniy nazorat o‘yini bo‘ldi. 3 sentyabrda delegatsiya Ispaniyaning Santyago-de-Kampostela shahriga yo‘l oladi va u yerda uch kunlik yig‘in o‘tkazadi. Shundan so‘ng jamoa futzal bo‘yicha Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun Kolumbiyaga uchib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mundial final bosqichining “A” guruhidan o‘rin olgan va keyingi bosqichga chiqish uchun guruhda Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalari bilan bahslashadi.
Ispaniya – O‘zbekiston 4:0
Gollar: Fernandao (10), Adolfo Fernandes (25), Bebe (34), Lozano (39)
Ispaniya
Darvozabonlar: 1.Sedano, 12.Xuanxo
Maydondagi futzalchilar: 2.Ortiz (k), 3.Xose Ruis, 4.Bebe, 5.Aykardo, 6.Fernandao, 8.Rivilos, 9.Lozano, 10.Aleks, 11.Migellin, 14.Raul Kampos, 15.Adolfo Fernandes
O‘zbekiston
Darvozabonlar: 1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratkulov;
Maydondagi futzalchilar: 3.Nodir Elibaev, 11.Artur Yunusov (s), 14.Konstantin Sviridov, 15.Javlon Anorov, 7.Dilshod Raxmatov, 2.Dilshod Irsaliev, 8.Farxod Abdumavlonov, 13.Feruz Faxriddinov, 4.Shuxrat Tojiboyev, 5.Davron Choriev, 10.Mashrab Odilov, 9.Ilxom Hamroyev.
Manba: www.the-uff.com































Izohlar 0
…