O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchi Umarali Rahmonaliyev Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- O‘yin haqidagi fikrlaringiz?
- Bunday bosqichga qadar yetib kelganimizdan xursandmiz. Ertangi o‘yinga tayyormiz va barcha futbolchilar sog‘lom. Ertangi uchrashuvning intiqlik bilan kutayapmiz.
Umarali Rahmonaliyev
- O‘yin haqida
- Murabbiyimiz ta’kidlab o‘tganlaridek bunday musobaqada uzoqqa borish yaxshi. Ertangi o‘yinga bor salohiyatimiz va e’tiborimizni qaratganmiz. Uchrashuvga tayyormiz.
- Jamoangiz musobaqada yuz foizlik natija qayd etmoqda. Bunday natijani yarim finalda ham davom ettira olasizlarmi?
- Bu turnirda har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin va murakkab bo‘ldi. Ayniqsa o‘tgan uchrashuv juda prinsipial va murakkab edi. Ertangi uchrashuv ham oson kechmaydi, ammo biz tayyormiz va ertaga g‘alaba qozonishni istaymiz.
Umarali Rahmonaliyev
- 20 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionatida terma jamoa sardori sifatida musobaqada g‘olib bo‘lgandingiz. Bundan avvalgi musobaqada to‘plagan tajribangiz sizga qanchalik yordam bermoqda? Saudiya mag‘lub etilgan jamoaga yana ishonch qo‘shdimi?
- Bundan oldin ko‘plab musobaqalarda qatnashganimiz bizga katta foyda keltirdi. Biz o‘tgan uchrashuvdan unutib va qo‘shimcha ishonch to‘plab keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Saudiyaga qarshi juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Biz o‘z kuchimizni va hissiyotlarimizni yetarlicha saqlab qoldik. Ertangi uchrashuvda yana ishonch va hissiyotlar bilan maydonga tushamiz.
- Futbolchilik faoliyatingiz davomida Koreyada o‘ynagansiz. O‘sha vaqti Shi Te Yong boshqa jamoada bosh murabbiy edi. Shi Te Yongning futbolchilik va murabbiylik faoliyatini eslay olasizmi va u haqida qanday fikrdasiz?
- O‘zim Koreyada bir necha yil davomida o‘ynaganman. Koreys xalqinining urf odat va yashash tarzini yaxshi bilaman. Futbolchilik faoliyatim davomida ko‘p marotaba Koreya bilan to‘qnash kelganman. Ularning futbol falsafasidan yaxshi bilaman va ularning kuchli jihatlaridan xabardorman. Ertangi uchrashuvga har tomonlama tayyormiz.
- Ertangi uchrashuvda 90 foiz muxlislar Indoneziya terma jamoasini qo‘llab quvvatlaydi. Futbolchilaringizga bu qanchalik bosim o‘tkazishi mumkin?
- Avvalgi uchrashuvlarda Indoneziya terma jamoasining muxlislari o‘z milliy jamoasini qanday qo‘llab quvvatlashini bilib oldik. Lekin bu biz uchun muammo bo‘lmaydi, Osiyo o‘yinlarida ham Indoneziyaga qarshi o‘ynaganimizda shunday holat bo‘lgan edi. Futbolchilar har tomonlama uchrashuvga tayyor.
Umarali Rahmonaliyev
- Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tganingizga bir yarim yildan ortiq vaqt bo‘ldi. Rossiya chempionatida orttirgan tajribangiz ushbu musobaqa qanchalik qo‘l kelmoqda?
- "Rubin" jamoasida o‘ynab ko‘p tajriba to‘pladim. Klubimda to‘plagan tajribamni jamoadoshlarim bilan bo‘lishmoqdaman. Rossiya chempionati ham ancha kuchli deb o‘ylayman.
Umarali Rahmonaliyev
- O‘tgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Indoneziyaga qarshi o‘ynagan edingiz. O‘tgan yili kuzda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham Indoneziyaga qarshi o‘ynadik. Indoneziyalik futbolchilarning darajasiga qanday baho berasiz? Futbolchilar o‘rtasidagi daraja qanchalik katta yoki raqib futbolchilarining mahorati biz bilan tengmi?
- Indoneziya futboli so‘ngi yillarda katta o‘sishga erishdi deb o‘ylayman. Raqibning o‘yinlarini o‘rganganmiz va bilamiz. Saudiyaga qarshi o‘yindan keyin, Indoneziyani tahlil qilishni boshlagan edik. Ular yarim finalga qadar yetib kelgani, ularning kuchli jamoa ekanligiga isbot bo‘la oladi.
- O‘zbekiston terma jamoasining aynan bu avlodi natija qayd etish bo‘yicha yetakchi. Avvalgi avlodlar esa muhim o‘yinlarda ko‘p marotaba yaxshi natija qayd eta olishmagan. Bu avlodda esa aksincha, bunga sabab nima deb o‘ylaysiz?
- Balki futbolchilarning o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishi, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ruhiy holati bo‘lishi mumkindir. Saudiyaga qarshi prinsipial g‘alabadan so‘ng barcha futbolchilar xotirjam va bor e’tiborini keyingi uchrashuvga qaratgan edi.
- Har bir avlodning kuchli futbolchilari bo‘ladi. Hozirgi avlodda natijalar yaxshiroq deb o‘ylayman. Bunga sabab biz yaratgan tizim deb o‘ylayman. Shuningdek, yillar davomida to‘plangan tajribadan samarali foydalanmoqdamiz. Eski xatolarimizdan xulosa chiqardik. Ishonch, kuch va o‘yin sifati bo‘yicha ham o‘sishga erishdik. Bunday tizim tuzish oson bo‘lmaydi. Eng asosiysi, barcha vatan uchun o‘ynamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi