Oleksandr Usik Tayson Fyuriga qarshi jang uchun Saudiya Arabistoniga yetib bordi.
WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni, ukrainalik Oleksandr Usik 18 may kuni Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun Usik so‘nggi jangini o‘tgan yilning avgustida o‘tkazgan. Unda britaniyalik Daniel Dyubuani 9-raundda texnik nokautga uchratib, o‘z kamarini majburiy da’vogardan himoya qilgandi. U ham barcha 21 ta jangida g‘alaba qozongan (14 tasi muddatidan oldin).
35 yoshli Tayson Fyuri esa o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida kamerunlik MMA jangchisi, sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi o‘tkazib, hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Tayson professional boksda 34 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (24 tasi nokaut bilan). Hisobida bitta durang bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi