23:23 / 11.05.2024
134

Timur Kapadze: "Yomon o‘ynamadik, ammo xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik"

Timur Kapadze: "Yomon o‘ynamadik, ammo xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik"
Superliga 7-turi doirasida o‘tkazilgan "Olimpik" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida

- Qiziqarli kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zimning jamoam haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoa yomon o‘ynamadi deb o‘ylayman. Ayniqsa, birinchi bo‘limda ancha yaxshi harakat qildik va o‘yin nazoratimiz ostida edi. Ikkinchi bo‘limda esa ustunlik tenglashdi. "Paxtakor" ham ancha qo‘shdi. Xatolarni ko‘rib chiqamiz va to‘g‘rilaymiz. Umuman olganda, yomon o‘ynadik deya olmayman. Yigitlar harakat qilishdi va ulardan minnatdorman.

- Birinchi bo‘limda jamoangiz ustunlik qildi. Buni o‘zingiz ham ta’kidlab o‘tdingiz, ammo ikkinchi bo‘limda ustunlik sezilmadi va kuchlar tenglashdi. Jamoangizning ikkinchi bo‘limda o‘yini yomonlashganiga nima sabab bo‘ldi?

- Balki charchoq bunga sababdir. Birinchi bo‘limda yaxshi pressing qildik va o‘yinni nazorat qildik. Ikkinchi taymda "Paxtakor" ham ancha o‘ziga kelib oldi va endi biz qarshi hujumga o‘tadigan bo‘ldik. Raqib yaxshi himoyalandi deya olaman. Ikki taymda ham yaxshi o‘ynadik, ammo turli xil futbol namoyish etdik. Tanaffusdan keyin jamoalar ancha ochildi va vaziyatlar paydo bo‘la boshladi. Gollarni individual xatolar sababli o‘tkazib yubordik. Autdan o‘zatilgan to‘p, birinchi golga olib keldi. Autdan gol o‘tkazish yaxshi emas. Ikkinchi golda ham biroz tushunmovchilik bo‘ldi, agar vaziyat so‘ngiga qadar o‘ynaganimizda gol o‘tkazib yubormagan bo‘lar edik. Ishlashda davom etamiz. Xatolarni to‘g‘rilashimiz kerak.

- Osiyo kubogidan qaytgan futbolchilar va jamoada qolgan futbolchilar o‘rtasidagi farq sezilmoqdami? Osiyo kubogida ishtirok etgan futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqdami? Klubda qolgan futbolchilar esa qisqa vaqt o‘yin amaliyotisiz qolishdi. Tarkibdagi futbolchilarning ikki xil holati qanchalik muammo to‘g‘dirmoqda?

- Uzilish bo‘ldi. Kubok bahslaridan so‘ng orada uzilish bo‘ldi. Bog‘lamlar va bir birini tushunish bo‘yicha kichik muammolar kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Bu tabiiy holat. Osiyo kubogidan qaytib kelgan futbolchilarda jismoniy holat bo‘yicha muammo yo‘q deb o‘ylayman. Kamchiliklarimiz o‘yinda yaqqol ko‘zga tashlanmadi. Yaxshi o‘ynadik, ammo o‘z xatolarimiz tufayli mag‘lub bo‘ldik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Yomon o‘ynamadik, ammo xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik"