01:19 / 12.05.2024
690

Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovga magʻlub boʻlganidan soʻng hissiyotlarini jilovlay olmadi

Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovga magʻlub boʻlganidan soʻng hissiyotlarini jilovlay olmadi
Polsha poytaxti Varshava shahrida Superbet Poland 2024 turniri boʻlib oʻtmoqda.

Bugun musobaqaning blits yoʻnalishidagi oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 3-turda dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Ushbu oʻyinda Nodirbek Karlsenni magʻlub etdi. Magnus magʻlubiyatdan soʻng hissiyotlarini jilovlay olmadi.

11 may kungi blits bahslarida Nodirbek Magnus Karlsen, Kirill Shevchenko va “Nomzodlar turniri” gʻolibi Gukeshni magʻlub etdi.

Vinsent Keymer va Anish Giriga qarshi oʻyinlarda durang qayd etdi. Yan-Kriztof Duda, Arjun Erigaisi, Pragnanandha va Vey Yi kabi shaxmatchilarga esa magʻlub boʻldi.

Ertaga blits yoʻnalishidagi bahslar davom ettiriladi.

Blits yoʻnalishining 9-raundidan soʻng turnir jadvali quyidagicha koʻrinish olgan:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport