Superliga 7-turi doirasida o‘tkazilgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Bugungi to‘qnashuv chempionatimizdagi eng qiziqarli uchrashuvlar biri bo‘ldi deya olaman. Yigitlarga rahmat aytaman, oson kechmagan bahsda g‘alabani qo‘lga kiritdik. Muxlislarni ham g‘alaba bilan tabriklayman. Bunday qiyin uchrashuvlar jamoani tarbiyalaydi. Qo‘lga kiritgan uch ochkomiz bilan musobaqa peshqadamiga aylanib oldik.
- 2021 yildan buyon Jizzaxda g‘alaba qozona olmayotgan edingiz. Bugun ham ikkinchi bo‘limda jamoangiz himoyaga yotib oldi. Bunga sabab nima? Bu sizning ko‘rsatmangiz edimi yoki "Navbahor" futbolchilari charchab qolishganmidi?
- Har bir seriya qachondir tugaydi. Bugun g‘alaba qozondik va men faqat g‘alabaga oid savollarga javob beraman. Sizning savolingiz noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Yigitlar mehnat qilishdi, buni o‘zingiz ko‘rdingiz. Biz uchun qulay natija bo‘layotgani sababli biz shunday uslub tanladik. Bu yerda jismoniy holatning hech qanday ta’siri yo‘q. Biz bugun g‘alaba qozondik va men ham faqatgina g‘alaba haqida gapiraman.
- "Navbahor" jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida gapirib o‘tsangiz? O‘sha vaziyatda 11 metrlik jarima zarbasini belgilashga asos bormidi?
- Penaltidan gol o‘tkazib yubordik va ushbu gol bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Goldan keyin faqatgina natijani saqlab qolishga intildik. Hakamning qarorini o‘rganib chiqishadi degan umiddaman. Hakamlarning qarorini muhokama qilishim noto‘g‘ri.
- O‘tkir Yusupov o‘yin so‘ngida "So‘g‘diyona" muxlislariga provokatsiya qildi. Ushbu holat haqida fikr bildirib o‘tsangiz?
- O‘tkir haqiqiy professional sportchi. Yusupov bunday ishlar qilishiga ishonmayman va o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganman. Biroz qizishib ketgan va maydonga baqirgan bo‘lishi mumkin. Lekin u milliy terma jamoa darvozaboni va "So‘g‘diyona" muxlislari ham terma jamoada uni qo‘llab quvvatlashadi. Qiyin va kurashlarga boy bahs bo‘lgani uchun barcha futbolchilarda emotsiyalar kuzatildi.
- Ruslanbek Jiyanovning holati haqida ma’lumot bersangiz? Jiyanov bugun maydonga tushmadi.
- Jiyanov biroz betob bo‘lib qolgan edi. Osiyo kubogi finalida uni majburiy tarzda zahiraga olishdi. Mushaklari bilan biroz muammo bor edi. Shu sababli, Ruslanni bugungi uchrashuvda maydonga tushirmadim. Jiyanovni keyingi uchrashuvlarga asradik.
- Toma Tabatadzening o‘rniga yosh futbolchi Iminjonovni maydonga tashladingiz. Bunday qiyin uchrashuvlarda yosh futbolchiga imkoniyat berish qanchalik to‘g‘ri? Yosh futbolchi o‘yin tempiga tusha olmasligi ehtimoli yuqori edi?
- O‘zgarishni Tabatadzening o‘zi so‘radi. Iminjonov esa yosh futbolchi bo‘lishiga qaramay, sekin astalik bilan tajriba to‘plab bormoqda. Bizga ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynay oladigan futbolchi kerak edi, Iminjonovning bo‘yi ham baland va bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan futbolchi. U bugun yaxshi o‘ynadi deb o‘ylayman.
- Farg‘onadagi vodiy derbisida durang qayd etildi va ikki jamoa ham ochko yo‘qotdi. "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlari yanada yaxshilandi. Keyingi bahsda "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqamiz. Assistentlaringiz "Neftchi"ning bugungi o‘yinini tomosha qilishdimi?
- Albatta yo‘q. Bugun biz o‘zimizning o‘yinimiz bilan band bo‘ldik. "Navbahor" o‘ynab turgan vaqti boshqa jamoalar o‘yiniga chalg‘imaymiz. "Neftchi" ham barchadek jamoa. Yangi mavsumda barcha jamoalar "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Kuchli jamoa bo‘lsa ham yoki musobaqa jadvalining so‘nggi o‘rinlarida borayotgan jamoa ham. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz va ertadan keyingi raqibni o‘rganishni boshlaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi