Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Og‘ir uchrashuv, kuchli raqibga qarshi bosimlarga boy o‘tgan o‘yin. Bugun yigitlar o‘zlarini nimaga qodir ekanliklarini isbotlash uchun ham harakat qilishdi. "Bunyodkor" so‘ngi o‘rinlarda yuradigan jamoa emas, biz bu vazifani bosqichma-bosqich uddalashimizga ishonamiz. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.
- Jamoangiz birinchi bo‘limda hujumkor futbol ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda esa ikkinchi raqamli jamoa sifatida o‘ynadi. Bu qizil kartochka tufaylimi?
- Men murabbiy sifatida natijani hohlayman. Kuchli raqibga qarshi 10 kishi bo‘lib o‘ynash oson emas, qizil kartochkadan so‘ng himoyaga e’tibor qaratdik. Mezbonlarga imkon qadar bo‘sh xudud qoldirmaslikka intildik.
- "Nasaf" namoyish etgan o‘yin haqida fikringiz?
- "Nasaf" juda kuchli jamoa. Klubda eng yaxshilardan bo‘lgan murabbiylar shtabi ishlaydi. Hujumkor, kurashuvchan va zo‘r jamoa.
- Bitta g‘alaba jamoada nimalarni o‘zgartirib yuboradi?
- Bugungi durang biz uchun g‘alabaga teng. Shu kabi kuchli klublar bilan o‘yinda ochko qo‘lga kiritilishi jamoa ruhiyatini ko‘tarishga, yigitlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
- Italiya futbolidan qanday taktik uslublarni jamoaga olib kirmoqchisiz?
- Superligada kuchli futbolchilar o‘ynaydi. Chempionat darajasi ham yuqori darajada. G‘alaba qozonish uchun metin himoya kerak. Italiya futboli himoya chizig‘i bilan nom qozongan. Jamoaga hujumkor o‘yin bilan bir navbatda temir himoyani ham olib kirmoqchimiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi