12:58 / 06.09.2016
6 541

Og‘ir atletikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati

Og‘ir atletikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati

Iordaniya poytaxti Amman shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 4-xalqaro Afro-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mazkur musobqada qizlar terma jamoasi bilan ishtirok etdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Habaringiz bor erkaklar terma jamoasi yaqindagina Rio-de-Janeyroda XXXI yozgi Olimipiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoamiz etakchisi Ruslan Nuriddinov nafaqat oltin medalni qo‘lga kiritgandi, balki Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilagandi. Shu boisdan erkaklar terma jamoasiga nufuzli musobaqadan so‘ng jismoniy xolatlarini tiklab olish uchun biroz dam berishga qaror qilgan federasiyamiz rahbarlari Iordaniyaga qizlar terma jamoasini olib ketishgandi.

E’tiborlisi qizlarimiz ham Afro-Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib o‘zbek og‘ir atletika maktabi chindan ham qit’amizda etakchilardan ekanligini amalda isbotlay olishdi. Boisi musobaqada ishtirok etgan etti nafar qizimizdan oltitasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Vazni 53 kg gacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida Marina Sisoyeva, 69 kg og‘irlikdagi qizlar bahsida Manzura Mamasolieva va 75 kg og‘irlikka ega bo‘lgan qizlar o‘rtasida Omadoy Otaqo‘zievalar uchchala yo‘nalishda, ya’ni dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikkikurash bahslari yakunlariga ko‘ra uchtadan oltin medallariga sazovor bo‘lgan bulsalar, siltab ko‘tarishda yana bir hamyurtimiz Muattar Nabieva barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medali bilan taqdirlandi.

69 kg og‘irlikdagi qizlar bahsida kumush medal ham O‘zbekiston vakilasiga nasib etdi. Xabar berib o‘tganimizdek ushbu vazn toifasida oltin medalga Manzura Mamasolieva sazoovr bo‘lgandi. Shoxsupaning ikkinchi pog‘onasidan esa yana bir o‘zbekistonlik sportchi Gulnoza Axmatova o‘rin egalladi. Gulnoza ham o‘z navbatida uchchala yo‘nalishda kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek delegasiyamizning yana bir a’zosi Dalera Davronova bronza medali bilan taqdirlandi. Demak musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umujamoa hisobida 31 mamlakat orasida birinchi o‘rinni egallashdi va 4-xalqaro Afro-Osiyo chempionatining Bosh mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi yangi to‘rt yillik Olimpiya sikliga ayollar terma jamoasini qaytadan shakllantirmoqda va 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar terma jamoasi oldiga ham katta maqsadlar qo‘yilmoqda. Iordaniyadagi turnir esa ushbu siklda dastlabki sinov musobaqasi bo‘ldi. Ana shu tariqa Tokio Olimpiadasiga qadar terma jamoa tarkibi ko‘plab xalqaro musobaqalar orqali shakllantirib boriladi va qilingan katta xajmdagi mehnatlar samarasini nasib qilsa to‘rt yildan so‘ng kun chiqar yurtda tashkil etiladigan Olimipiya o‘yinlarida ko‘ramiz.

O‘z navbatida biz O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi rahbariyatini, qolaversa shoxsupadan o‘rin olgan qizlarimiz va ularni musobaqaga tayyorlagan murabbiylarni mazkur muvafaqiyat bilan muborakbod etib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Og‘ir atletikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati