
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol jamoalari uchun tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etgan. Mutaxassis safar davomida terma jamoalar uchun ajratilgan yashash joyi, mashg‘ulot maydonlari, Ispaniya va Dominikan Respublikasiga qarshi kechadigan bahslarga mezbonlik qiluvchi “Park de Prens” stadionini shaxsan ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasining futbol dasturida "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kapadze shogirdlari guruhning ilk uchrashuvini 24 iyul kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi saf tortadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar