Abbosbek Fayzullayev Rossiyada "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun yakuniy uchlikdan joy oldi

Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premyer ligasida "mavsum kashfiyoti" sovrini uchun kurashadi. RPLda mavsumning eng yaxshilarini aniqlash jarayoni boshlandi.
"Mavsum kashfiyoti" nominatsiyasi uchun 3 nafar nomzod e’lon qilindi. Bular: 20 yoshli Abbosbek Fayzullayev (SSKA), 24 yoshli Bitello ("Dinamo") va 19 yoshli Nikita Saltikov ("Krilya Sovetov").
Saralashning birinchi bosqichida muxlislar ovoz berishdi. Unda Fayzullayev hammadan ko‘p ovoz to‘pladi.
Mazkur sovrin g‘olibini murabbiylar, jamoa sardorlari, sharhlovchilar va Rossiya futboli faxriylaridan iborat maxsus hay’at a’zolari aniqlashadi.

Izohlar 0
…