
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasi oldidan Yangi Zelandiyaga qarshi mashg‘ulot o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “O‘FA”
Uchrashuv 18 iyul kuni Fransiyaning Nitsa shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Timur Kapadze shogirdlari Parij safari oldidan Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bahslar 7 va 10 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar