Igor Korneyev SSKAdagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Yevropaga yo‘l olgan Rossiyadagi dastlabki futbolchilardan biri. Mohir yarim himoyachi legioner sifatida Ispaniyada “Espanol” va “Barselona”, Niderlandiyada “Xerenven”, “Feyenoord” va “NAK Breda” klublarida to‘p tepgan.
Korneyev “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida SSKA va uning o‘yinchilari haqida ham fikr bildirdi.
— SSKAning eng nozik nuqtasi qaysi?
— O‘ng va chap qanot himoyachilari.
— Keyingi paytda chap qanot himoyasida Ilya Agapov o‘ynayapti. Yozda bu pozitsiyada o‘ynash uchun SSKAga keladigan Danil Krugovoy raqobatda uni yenga oladimi?
— Krugovoy bu amplua uchun birinchi raqamli o‘yinchi bo‘ladi. Buning uchun SSKA kelasi mavsumda ham hozirgi sxemada o‘ynashi kerak.
— O‘ng qanot himoyachisi sifatida Kellvenga qanday baho berasiz?
— Hozircha ishonchni oqlagani yo‘q. Katta hajmdagi ishlarni bajaryapti, lekin unga sifat yetishmayapti.
— SSKA shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotgan Villian Roshani saqlab qola oladimi?
— O‘ylashimcha, yo‘q. Braziliyalik legioner anchadan beri Yevropani ko‘zlayapti.
— Fyodor Chalovning bu mavsumdagi o‘yinini qanday baholaysiz?
— Shartnomani uzaytirish bo‘yicha qiyin davrlarni boshdan kechirganini inobatga olib, mustahkam to‘rt bahoga baholayman.
— U Yevropaga ketadimi? Qaysi chempionatga? Masalan, Ispaniyani olsak, qaysi darajadagi klubga o‘tishi mumkin?
— Fyodor anchadan beri ketishni istaydi, ayni paytda rossiyalik futbolchilar o‘ynayotgan har qanday chempionat bo‘lishi mumkin.
— Fayzullayev — bu mavsumning eng yaxshi transferi bo‘ldimi?
— Unga sarflangan mablag‘ va o‘yinchining sifati bo‘yicha eng yaxshilaridan biri bo‘ldi.
— Hozircha unga nima yetishmayapti?
— O‘yin daqiqalari.
— SSKA uni Yevropaga qancha summaga transfer qiladi?
— O‘ylashimcha, “armiyachilar” yaqinlashib kelayotgan mavsumda Abbosbek bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi, lekin transfer summasi 5 million yevrodan kam bo‘lmasligi aniq. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi