
29 may kuni "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. "Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi to‘qnashuv oldidan O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi.
Superkubok o‘yini oldidan “Sport” telekanali jonli studiya tashkil etishni rejalashtirgan. Efir davomida kubok qur’asiga ham vaqt ajratiladi. Jarayon Superkubok uchrashuvini ko‘rish uchun stadionga kelgan futbol muxlislariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilishi rejalashtirilgan.
1/8 final bosqichi bellashuvlari 3-6 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Qur’a yakuniga etgach, uchrashuvlar taqvimi e’lon qilinadi.

Reglamentga ko‘ra, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finalni o‘z maydonida o‘tkazadi. Guruhda ikkinchi bo‘lgan jamoa esa safar o‘yinida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, qur’a oldidan jamoalar ikki savatga ajratib olinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar