"Dinamo" hamda "Paxtakor" o‘rtasidagi Superliganing 8-tur bahsidan (1:1) so‘ng mehmonlar ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Maksim Shatskix: "Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Bir nechta vaziyatlar yaratdik. Masalani birinchi bo‘limdayoq hal qilsak bo‘lardi. Ikkinchi taymda atayin to‘pni raqibga berib, qarshi hujumda o‘ynashga urindik. Biroq hujumni yakunlashda mahorat va ba’zi xatolar halal berdi".
- Hozirgi "Paxtakor" avvalgi mavsumdagidan katta farq qiladi. "Sherlar"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Chunki "Navbahor" va "Neftchi" yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti.
- Imkoniyatlar hammada teng. Kim kuchliroq ekanligini dekabrda bilib olamiz. Men hamma o‘yinlarni ko‘ryapman. Ba’zida men tomosha qilgan o‘yin sizga boshqacharoq ko‘rinar. Hamma o‘zida bor kuchga qarab taktika tanlaydi. Biz ham shunday, biroq bizdagi "resurs" unchalik katta emas.
- Alijonov va Saitovlarning holati haqida ma’lumot bera olasizmi?
- Alijonov asta-sekinlik bilan tuzalyapti. Saitov va Kimi Merklar davolanishda davom etishmoqda. Afsuski, har o‘yin kimdir shikastlanyapti. Futbol kontaktli sport turi, chidashga majburmiz.
- Bugungi bahsning oxirida "Dinamo" katta ustunlikka ega bo‘ldi. "Paxtakor" nima sababdan bunchalik yomon o‘ynadi?
- Ustunlik deb nimani tushunasiz. Orqaroqdan o‘ynaganimiz ustunlik emas. Darvozabonimiz seyvlar qilib, to‘p ustun yoki to‘singa tegib qaytdimi? Bir yarimta vaziyat desak to‘g‘ri bo‘ladi. O‘tkazib yuborgan golimiz umuman kulgili. Uzatma va paslar vaziyat hisoblanadimi? Biz atayin to‘pni raqibga topshirib, orqaroq qaytdik. Biz ikkinchi bo‘limda 3ta gol ursak bo‘lardi. Bosim bu - bizni o‘z jarima maydonchamizga qamab, tinimsiz zarbalar berishdir.
- Nega bunday taktika tanladingiz?
- Qaytaraman, imkoniyatimizga qarab taktika tanlayman. To‘g‘ri payqadingiz, bu avvalgi mavsumdagi "Paxtakor" emas. Tarkibdagilarning 95%i yangilar. Bir-ikki oy ichida 11 kishini to‘plab, siz istagan o‘yinni ko‘rsatishga majburlay olmaysiz.
- "Paxtakor" uchrashuvni hujumchisiz boshladi. Ikkinchi taymda hujumchi zaxiradan maydonga tushdi. Sizda futbolchilar yetishmovchiligi kuzatilyaptimi?
- Cheranchi? Cheran hujumchi. "Protokol"da hamma narsani yozish mumkin. Kimi hozir jarohatlangan. Xoldorxonov esa biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmayapti.
- Maksim Shatskix jamoasida Shatskixdek hujumlarni yakunlaydigan futbolchi yo‘qlgi bizni hayron qoldiryapti.
- Afsuski, yo‘q. Hujumchini izlash yoki akademiyada o‘stirish kerak. 3-5 yil ichida terma jamoada hujumchi yetishmovchiligi boshlanadi.
- Kojo Joel o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Uni hozir boshqa jamoaga olsangiz, qanday o‘ynab ketishini bilmaymiz. O‘rtamiyona hujumchi. Barakalla, gol urdi va vazifasini bajardi.
- Bir necha kundan so‘ng "Nasaf"ga qarshi Superkubok bahsi bor, bu uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- Undan oldin "Qizilqum" bilan o‘ynashimiz kerak. Hozir faqat shu uchrashuv borasida bosh qotiryapman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi