12:21 / 21.05.2024
155

Mbappe xayrlashuv marosimiga Fransiya prezidentini taklif qildi

Mbappe xayrlashuv marosimiga Fransiya prezidentini taklif qildi
“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe klubdan ketishi munosabati bilan Parij markazida 250 kishi uchun xayrlashuv marosimini tashkil qildi.

Taklif qilingan mehmonlar ro‘yxatida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham bor edi, u futbolchi bilan bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazgan. Tadbirda bo‘lgan jurnalistlar davlat rahbarini kutishgan, ammo u kechki ovqatda qatnashmagan. “PSJ” prezidenti Nosir al-Xelayfi ham taklif etilganlar ro‘yxatida bo‘lgan, ammo u ham kechki ovqatda ko‘rinish bermagan.

2024 yilning yozida 25 yoshli futbolchining Parij klubi bilan shartnomasi tugaydi va u erkin agent sifatida “Real”ga o‘tadi. Mbappe “qirollik klubi” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Hujumchi “Real”da yiliga 15 million yevro oladi — bu “PSJ”dagi maoshidan kamroq. Futbolchining transferi haqidagi rasman iyun oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, OAVda Mbappe “Real” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. O‘z navbatida, klub prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelottining murabbiylar shtabiga Mbappe “Real Madrid”ning yangi futbolchisiga aylanishi haqida xabar berdi.

Joriy mavsumda Mbappe PSJ safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, hujumchi 27 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan chempionat to‘purari deb topildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe xayrlashuv marosimiga Fransiya prezidentini taklif qildi