To‘rt nafar bokschi qizlarimiz litsenzion turnirda ishtirok etishadi

To‘rt nafar bokschi qizlarimiz litsenzion turnirda ishtirok etishadi
25 may 2 iyun kunlari Tailand davlatining Bangkok shahrida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi 2-Jahon kvalifikatsion turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston boks ayollar terma jamoasidan 3 nafar vakilamiz ham Olimpiyada yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi.

Turnirda ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rashida Tagirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova

Murabbiylar: Elshod Rasulov, Islom Tadjibayev, Temur Axbayev, Lazizbek Zokirov.
Fizioterapevt: Shahzoda Umarova
Shifokor: Komiljon Rasulov
Jamoa rahbari: Shohid Tillaboyev.

Eslatib o‘tamiz, -57 kg vaznli bokschimiz Sitora Turdibekovaning bundan bir necha kun oldin Olimpiyada yo‘llanmasiga ega chiqqanligi haqida aytib o‘tgandik.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar