145
Viktor da Silva: "Yangi chempionatga kirishib ketish oson kechmaydi va biroz vaqt talab qiladi"
"Nasaf" klubining braziliyalik legioner futbolchisi Viktor da Silva "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng saytimizga kichik intervyu berdi.
- O‘yin haqida
- Navbatdagi qiyin uchrashuvda g‘alabani qo‘lga kiritdik. Uch ochkoni qo‘lga kiritdik va barchamiz bundan xursandmiz.
- "Nasaf" jamoasi naqd uch nafar hujumchiga ega, ammo jamoa so‘nggi vaqtlarda ko‘proq ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib harakatlanmoqda. Ushbu uslub sizga ma’qul kelmoqdami?
- Bu futbol va har bir raqibga qarshi har xil uslub tanlashingiz kerak. Misol uchun, bugungi raqibimiz to‘pga yaxshi egalik qilishidan xabardor edik. Doim ham hujumkor futbol namoyish etib g‘alaba qozonishning iloji yo‘q.
- Superligadagi dastlabki mavsumingizni o‘tkazmoqdasiz. O‘zbekiston chempionati qay darajada ekan? Avvalgi jamoalaringizda to‘purar bo‘lgansiz, biroq Superligada hozirgi vaqtgacha gol urmadingiz.
- Yangi klubga ko‘chib o‘tish va jamoaga kirishib ketish oson kechmaydi. Hozirgi holatim yaxshi va imkoniyat taqdim etilishi bilan gol urishni boshlayman. Yaqin vaqt ichida menga ko‘proq o‘yin vaqti taqdim etilishiga ishonaman. Gol urishdan ko‘ra, o‘z jamoamga ko‘proq foyda keltirish haqida o‘ylasam to‘g‘riroq bo‘ladi deb o‘ylayman. "Nasaf"da uch nafar raqobatdosh hujumchilar bor. Zoran Marushich jamoamizning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi, ammo bosh murabbiy menga ham imkoniyat berishi aniq.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatdi. Nimalarga kelishildi?
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan 6 ta mahsulot