143
Temur Chogadze: "Nasaf"ning asosiy maqsadi O‘zbekiston kubogi emas, Superliga chempionligi"
"Nasaf" jamoasining gruziyalik legioneri Temur Chogadze "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng kichik intervyu berdi.
- O‘yin haqida
- Bugun qiyin uchrashuv bo‘ldi. Muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Musobaqa jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilashda davom etishimiz kerak.
- "Nasaf"dagi dastlabki o‘yinlaringizni o‘tkazmoqdasiz va O‘zbekistonga kelganingizga bor yo‘g‘i bir necha oy bo‘ldi. Milliy chempionatimiz haqida qanday fikrdasiz? Sizda adaptatsiya jarayoni hali hamon davom etmoqdami?
- O‘zbekiston jamoasiga o‘tishimdan avval qo‘shni mamlakat Qozog‘istonda to‘p surgandim. Chempionatlar bir biriga o‘xshash deya olaman. Men uchun hozir adaptatsiya vaqti kechmoqda va shu sababli biroz vaqt kerak. O‘zbekistonda infratuzilma yaxshiroq ekan. Qozog‘istonning ko‘pgina klublari sun’iy qoplamali maydonga ega. Bu esa futbolchi uchun noqulay.
- "Nasaf" jamoasiga chempionlik uchun o‘tganingizni ta’kidlagan edingiz. "Nasaf" 8-turda ishtirok etdi. Hozirgi vaqtda "Nasaf"ning chempionlik uchun bo‘lgan imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Hali hamon yaxshi imkoniyatga egamiz deb o‘ylayman. Biroz muammolar va jarohatlar ko‘paydi, ammo bu bahona bo‘la olmaydi. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, hali kurashishda davom etish kerak.
- Ketma-ket uch mavsum davomida "Nasaf" O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘layotgan edi. Joriy mavsumda esa jamoa guruh bosqichida qolib ketdi. "Nasaf" qayd etgan bunday yomon natijaga izoh berib o‘tsangiz?
- O‘zbekiston kubogida omadsiz ishtirok etdik. Asosiy maqsadimiz kubok emas, chempionlik. Eng muhimi joriy mavsum liga chempionligini qo‘lga kiritish. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi