Futbol tarixidagi eng uzun penaltilar seriyasi qayd etildi

Futbol tarixidagi eng uzun penaltilar seriyasi qayd etildi
Isroilda penaltilar seriyasi davomiyligi bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi. Mamlakat uchinchi divizioni pley-off bosqichi, yarim final uchrashuvida "Dimon" va "Shimshon" (asosiy vaqtda 2:2) klublari penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi.

Ikkala jamoa ushbu seriyada jami 56 marta (har bir jamoa 28 martadan) penalti tepishdi. Yakunda "Dimon" klubi 23:22 hisobida g‘alaba qozondi.

Avvalgi rekord 2022 yilda Angliyada o‘rnatilgandi. O‘shanda "Vashington" va "Bedlington" jamoalari penaltilar seriyasida jami 54 ta zarbani amalga oshiriishgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar