“SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Vladimir Fedotov boshqaruvidagi jamoasining joriy mavsumdagi natijalarini sarhisob qildi.
"Bir so‘z bilan aytganda, “SSKA” uchun mavsum? O‘rtacha. Afsuski, klub Rossiya kubogi superfinaliga chiqa olmadi. Mavsumni sovrin bilan yakunlashni xohlagandik. “Zenit”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganimiz xafa qiladi, lekin bu lotereya”, — deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi Sport24 sayti.
Ma’lumot uchun, Rossiya Premer Ligasining 2023—2024 yilgi mavsumi 29-turidan so‘ng “SSKA” 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Fayzullayev 2023 yilning yozidan beri Rossiya jamoasida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekistonlik futbolchining “SSKA” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan va shartnomani 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Nufuzli Transfermarkt onlayn portali Abbosbekning bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi