Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining eng yorqin o‘yinchilaridan. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi legioner sifatidagi debyut mavsumida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
20 yoshli futbolchimiz SSKAning joriy mavsumdagi eng zo‘r assistenti va bu ko‘rsatkich bo‘yicha chempionatda kuchli beshlikdan o‘rin olgan. Gol+pas tizimi bo‘yicha ochko jamg‘arishda jamoada faqatgina Fyodor Chalovdan keyin ikkinchi ko‘rsatkichga ega.
Iste’dodli futbolchimiz jurnalistlarga intervyu berdi. Legionerimiz qishki tanaffusdan keyin SSKA asosiy tarkibiga kira olmay qolganini izohladi.
— Mart oyida muloqot qilganimizda suhbat juda qisqa bo‘lgandi. Nega boshlang‘ich tarkibda yo‘qligingni so‘raganimizda “bu savol bosh murabbiyga”, deb javob qaytarganding. Endi bu holatni xotirjam muhokama qilib, vaziyatga oydinlik kiritishni istaymiz. O‘shanda zaxiraga tushib qolganingni qanday qabul qilganding?
— Xotirjam. Har qaysi futbolchi zaxirada o‘tirishni istamaydi, ko‘proq o‘ynagisi keladi va men ham bundan mustasno emasman. Har doim jamoaga ko‘proq yordam berishni xohlayman, lekin ba’zan bunaqa vaziyatlar ham bo‘lib turadi.
—Siqildingmi?
— Balki shunday bo‘lgandir. Lekin o‘yin vaqtimni qaytib olganimdan keyin yana o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortganini his qildim.
— Shunga qaramay, nega mart oyida Vladimir Fedotov ishonchini yo‘qotib qo‘yding?
— Men yig‘inlarning katta qismini o‘tkazib yubordim. Qishda jamoa bilan kam vaqt bo‘ldim. Bosh murabbiy yana jamoaga kirishib ketishimni kutdi. Birdaniga kirishib ketish o‘xshamadi.
Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida 21 ta o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol va yettita assist yozdirib qo‘ydi. Rossiya kubogi doirasida 10 ta uchrashuvda bitta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Legionerimiz SSKA safida chempionatda “Rostov”, “Dinamo Moskva”, “Fakel” va “Rubin”, kubok musobaqasida “Baltika” jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi