Abbosbek Fayzullayev uchun joriy mavsum eng esda qolarlisi bo‘ldi. “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tgan iqtidorli futbolchimiz legioner sifatida muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofini qozondi.
20 yoshli hamyurtimiz Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi va asosiy kashfiyoti nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.
SSKA safida Abbosbek biror sovrinni qo‘lga kirita olmadi. “Armiyachilar” Rossiya kubogi finalida “Zenit”dan mag‘lubiyatga uchrab, Superfinal yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Fayzullayev jurnalistlarga bergan intervyusida bu holatga alohida e’tibor qaratdi.
— SSKAdagi mavsumni bir so‘z bilan izohlab ber...
— O‘rtacha. Biz Rossiya kubogining Superfinaliga chiqa olmadik, lekin mavsumni sovrin bilan yakunlashni istagan edik. “Zenit”ga penaltilar seriyasidan yutqaziganimiz alamli bo‘ldi. Bu lotoreya edi.
— Bu mavsum shaxsan sen uchun qanday bo‘ldi?
— Shaxsan o‘zimni aytsam, yaxshi bo‘ldi. Yil davomida o‘sishga erishdim. O‘sish o‘yin bobida ham, jismoniy va umumiy tarafdan ham bo‘ldi. Keyin ham mavsumdan mavsumga rivojlanib borishni xohlayman.
— Chempionatning kuzgi qismini yuqori darajada o‘tkazding, bahorda may oyigacha gol+pas tizimida 1+1 ko‘rsatkichini qayd etding. Sababa nimada?
— SSKAga endi kelgan vaqtimda raqiblar menga ortiqcha e’tibor qaratmas edi. O‘zimni ko‘rsatganimdan keyin menga nisbatan shiddatli va tajovuzkor o‘ynay boshlashdi, harakat qilishga kam imkon berishdi. Mana shu tomondan biroz qiyinchilik bo‘ldi.
Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida 21 ta o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol va yettita assist yozdirib qo‘ydi. Rossiya kubogi doirasida 10 ta uchrashuvda bitta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Legionerimiz SSKA safida chempionatda “Rostov”, “Dinamo Moskva”, “Fakel” va “Rubin”, kubok musobaqasida “Baltika” jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi