00:13 / 24.05.2024
263

Abbosbek Fayzullayev: Hech qachon spirtli ichimlik ichmaganman

Abbosbek Fayzullayev: Hech qachon spirtli ichimlik ichmaganman
Abbosbek Fayzullayevning terma jamoalarimiz safida xalqaro maydondagi ishtiroki o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini xushnud etmoqda.

20 yoshli futbolchimiz Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Eldor Shomurodovning yo‘qligini bildirmadi va terma jamoaning yetakchisi sifatida o‘ynay olishini isbotlab qo‘ydi.

Keyinroq, 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga katta yordam berdi. Timur Kopadze shogirdlari qit’a birinchiligida kumush medallarni qo‘lga kiritib, mamlaktimiz tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Abbosbek Fayzullayev jurnalistlar bilan suhbatda Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi qanday nishonlangani va hissiyotlari haqida gapirdi.

— Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganda nimalarni his qilding?
— Bu har bir futbolchi uchun katta quvonch, ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun. Biz ilk bor Olimpiya o‘yinlariga chiqdiq – har birimiz bundan faxrlanishga loyiqmiz. Bu faoliyatimdagi eng ulkan hissiyot bo‘ldi.

— Uni nima bilan taqqoslash mumkin?
— 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokida o‘tkazilgan Osiyo chempionatidagi g‘alaba va jahon chempionati yo‘llanmasi bilan qiyoslash mumkin. O‘shanda ham shunga o‘hshash hissiyotlarni tuygandik. Qachon sovrinlarni qo‘lga kiritsam, mazza qilaman.

— Olimpiada yo‘llanmasini qanday nishonladinglar?
— Ko‘p raqsga tushdik, kuyladik. Avtobusda ham, kiyim almashtirish xonasida ham shunday bo‘ldi.

— Alkogol?
— Yo‘g‘e, nimalar deyapsiz! Bizda bu masalaga jiddiy qaraladi. Umrimda hech qachon spirtli ichimlik tatib ko‘rmaganman, rejamda ham yo‘q. O‘zim ham xohlamayman, e’tiqodim ham yo‘l qo‘ymaydi.

— Olimpiada Rossiya Premer-ligasining navbatdagi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Bu masalani SSKA bilan muhokama qildingmi, klub seni qo‘yib yuborishga tayyormi?
— Hali bu borada gaplashganimiz yo‘q. Chunki hozir faqat hordiq chiqarmoqchiman. Mavsum davomida deyarli ta’til bo‘lmadi – juda charchadim.

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida hozirgacha 15 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida esa, 14 ta bellashuvda o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: Hech qachon spirtli ichimlik ichmaganman