Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Navbahor" (1:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida
- Qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz shunday bo‘lishini bilardik. "Metallurg" oxirgi o‘rinda bo‘lsa ham kuchli jamoa hisoblanadi. O‘yinimizga kelsak, uchrashuv epizodlarga bo‘lindi. Gol urganimizdan so‘ng hisobni saqlashga harakat qildik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng esa o‘zimizda kuch topib hujumga o‘tdik. Vaziyatlar yaratdik, afsuski gol ura olmadik. Umuman olganda, natija adolatli bo‘ldi. Bugun ochiqchasiga g‘alabaga o‘ynamadik. G‘alaba qozonganimizda bu omaddan bo‘lardi, afsuski, bunday bo‘lmadi. Standard vaziyatdan gol o‘tkazdik. O‘ylaymanki, hammasi qoida asosida bo‘ldi. Oldinga harakat qilish kerak. Xulosa chiqarishga harakat qilamiz.
- Jamoa hisobni saqlash maqsadida hujumlarni kamaytirdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Yuqorida bu haqida gapirdim. Menimcha, bunga asosiy sabab biz to‘pni to‘liqligicha raqibga topshirganimiz. To‘psiz harakat qilish juda qiyin. Asosiy sabab to‘pni topshirib qo‘yganimiz. Biz to‘p bilan yomon harakat qildik. Raqibdan to‘pni olib qo‘ygan holatlarimizda ham qandaydir qiyin kombinatsiyalar amalga oshirishga harakat qildik. Bularning barchasi to‘pni yo‘qotish bilan yakunlandi. To‘pni nazorat qilmaganimiz eng katta xatomiz bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi