
4 sentyabr kuni Rossiyaning Yoshkar-Ola (Rossiya) shahrida yakkakurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Red City Fights Global xalqaro musobaqasi tashkil etildi. Unda Sankt-Peterburg, Saransk, Kirov, O‘zbekiston, Belarus vakillari o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqada amerikalik mashhur Jeff Monson ham ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
84 kilogrammda ringga chiqqan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Gadoyev rossiyalik Andrey Skryabin bilan kuch sinashdi. Ulug‘bek mazkur bellashuvda raqibidan kuchli ekanini isbotlab, g‘alabasini mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.
[media=https://youtu.be/L1YO3TM_GH4] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar