
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Murabbiylar uchun og‘ir o‘tgan o‘yin bo‘ldi. Mezbonlar qizil kartochkadan so‘ng bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Biroq, biz bundan unumli foydalana olmadik. Yaxshi futbol ko‘rsatdik, ammo o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Javob golini kiritdik, yakun durang bilan tugadi. G‘alaba qozona olmadik.
- Dilshod Rahmatullayev maydonga tushirilgach, negadir yana almashtirildi. Bunga sabab nima?
- Men Rahmatullayevning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. U bizga zarur bo‘lgani uchun maydonga tushirdik. Biroq, futbolda hamma narsa har doim siz istagandek bo‘lavermaydi. Unda ozroq o‘yinga qo‘shilib keta olmaslik holati kuzatildi. Shu bois almashtirdik.
- Sizningcha, "Dinamo" bugun 2 ochko yo‘qotdimi yoki 1 ochko ishlab oldimi?
- Raqib safida futbolchi chetlatilgan ekan, ochko yo‘qotdik deb hisoblaymiz. "Nasaf" yaxshi jamoa, biroq biz juda ko‘p vaqt mobaynida maydonda bir kishi ko‘proq harakat qildik. Hokkeyda qandaydir ikki daqiqa juda ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Biz bugun g‘alaba qozonish imkoniyati paydo bo‘lgan o‘yinda imkoniyatdan foydalana olmadik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar