date
views 128

Xose Venansio Lopes: "Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish. Guruhdagi raqiblarimizning darajasi teng"

Xose Venansio Lopes: "Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish. Guruhdagi raqiblarimizning darajasi teng"
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Samarqandda o‘tkazilgan qur’a marosimidan so‘ng qur’a natijalari haqida fikr bildirdi.

- Janob bosh murabbiy O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichdagi raqiblari haqida gapirib o‘tsangiz?

- Mening fikrimcha guruhdagi raqiblarimizning darajasi bir-biriga teng. Masalan, Niderlandiya terma jamoasining futbolchilari individual taraflama juda kuchli. Paragvaylik futbolchilarning ko‘pchiligi Ispaniya chempionatida to‘p tepishadi, Italiya klublarida o‘ynaydigan futbolchilar ham bor. Paragvay terma jamoasi yetarlicha tajribaga ega. Kosta-Rika terma jamoasi tarkibini yaqinda yangiladi. Ular yosh futbolchilarga imkoniyat berishmoqda. Kosta-Rika terma jamoasi Konkakaf chempionatida yaxshi natijaga qayd eta olmadi, ammo ular ham juda qiyin raqib bo‘la olishadi.

- O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi Jahon chempionatida qayd etgan natijasini takrorlay yoki yaxshilay oladimi? Terma jamoamizning mundialdagi maqsadlari haqida gapirib o‘tsangiz?

- Birinchi navbatda pley-off bosqichiga chiqib olishimiz kerak. Dastlabki maqsadimiz shu.

- Sizning fikringizcha Jahon chempionatida kimlar favorit?

- Braziliya, Ispaniya, Eron, Portugaliya, Argentina va Qozog‘iston terma jamoalari eng kuchlilari deb o‘ylayman. Biz sekin astalik bilan qadam tashlashimiz kerak. Guruhdan chiqib olganimizdan so‘ng pley-offdagi raqiblarga qaraymiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Venansio Lopes: "Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish. Guruhdagi raqiblarimizning darajasi teng"